и посмотреть медиа
Ferghana Tourism - Official Tourism
и посмотреть медиа
Official channel of tourism of Fergana region. Attractions, tours and useful information for travelers.
Official channel of tourism of Fergana region. Attractions, tours and useful information for travelers.
The channel is dedicated to tourism of the Fergana region. It publishes news about local attractions, travel routes, cultural events and tips for tourists. Ideal for planning trips to this picturesque region.
Mustaqilligimizning 35 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan Farg‘ona shahrida yangi “XIANG YU” mehmonxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari, xususan, turizm sohasini rivojlantirish uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyat va qulay shart-sharoitlardan samarali foydalanish natijasida mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Mustaqilligimizning 35 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda mamlakatimizda tadbirkorlik va turizm sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar samarasida Farg‘ona shahrida yangi “XIANG YU” mehmonxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Farg‘ona shahri, Navruz MFY, Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘chasi, 53A-uy manzilida joylashgan mazkur loyiha Xitoy Xalq Respublikasi investori Gui Dehui tomonidan amalga oshirilib, unga 500 ming AQSH dollari miqdorida investisiya yo‘naltirildi. Mehmonxona 15 ta xona va 30 ta o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ishga tushirilishi natijasida 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi Farg‘ona shahrida zamonaviy joylashtirish vositalari sonini ko‘paytirish, xorijiy investisiyalarni jalb etish, aholi bandligini ta’minlash hamda sayyohlarga ko‘rsatilayotgan turistik xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Открыть канал и посмотреть медиаOnly registered users can share their opinion.
Be the first to share your impression of this resource!