и посмотреть медиа
Turan Security - безопасность
и посмотреть медиа
Услуги Turan Security: защита информации, кибербезопасность от экспертов.
Услуги Turan Security: защита информации, кибербезопасность от экспертов.
AI bot for text-to-speech and voice cloning in Telegram. Create audio using neural network quickly and easily.
🛡️ Turan Security предоставляет профессиональные услуги по информационной безопасности. Команда опытных специалистов помогает защитить данные и системы.
🔒 Услуги включают аудит безопасности, пентестинг и консультации. Фокус на предотвращении киберугроз для бизнеса и частных пользователей.
📱 В Telegram формате: гайды, новости и советы по защите. Бесплатный доступ онлайн для повышения осведомленности о рисках.
☠️Turansecurity xavfsizlik byulleteni — Keycloak CVE-2026-18963 Zaiflik darajasi : Kritik Parolni tiklash orqali autentifikatsiyasiz hisob egallash. Darhol yangilang yoki vaqtinchalik chorani qo'llang. Keycloak'ning reset-credentialsdagi kritik zaiflik (CVE-2026-18963, CVSS 9.1) autentifikatsiyasi istalgan foydalanuvchi (shu jumladan administratorlar) uchun parol tiklashni yakunlash va yangi parol o'rnatish imkonini beradi. Pochtadagi havolani bosish shart emas. Autentifikatsiya talab qilinmaydi, foydalanuvchi ishtiroki kerak emas, MFA yordam bermaydi. Sabab: holat tekshiruvining noto'g'ri amalga oshirilishi (CWE-640). Hozircha ekspluatatsiya kodi tarqalmagan, lekin CVE tasdiqlangan. Ta'sirlangan versiyalar 26.7.2, 26.6.6 va 26.4.15 (LTS) dan oldingi barcha. Qo'llab-quvvatlanmaydigan tarmoqlar (26.5, 26.3 va eskilar) tuzatilmaydi va yangilanmaguncha doimiy zaif hisoblanadi. Yechim 26.7.2 / 26.6.6 / 26.4.15 (LTS) ga yangilang. Tuzatish 26.8.0 da ham mavjud. Red Hat Build of Keycloak foydalanuvchilari: RHSA-2026:56519 / 56520 / 56523 / 56524 ni qo'llang.
Открыть канал и посмотреть медиа🚀 Oqdoppi platformasida yangi dasturlar e’lon qilindi! Sizlar uchun yana bir ajoyib yangiligimiz bor. Oqdoppi bug bounty platformasi yangi dasturlar bilan kengayishda davom etmoqda. Platformada quyidagi dasturlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda: 🔹 DOMO.uz — O‘zbekistonda elektr, gaz, suv, chiqindi, internet va boshqa uy-joy bilan bog‘liq xizmatlarni yagona platforma orqali boshqarish va to‘lash imkonini beruvchi mobil platforma. 🔹 ishGO.uz — ish beruvchilar va ish izlovchilarni yagona tizimda bog‘lovchi, O‘zbekistondagi ish qidirish va xodim yollash platformasi. 🔹 pDaftar.uz — kichik va o‘rta biznes uchun nasiya savdosini raqamlashtirishga xizmat qiluvchi fintech platforma. 🔹 AIBA.uz — bizneslar uchun sun’iy intellekt asosida moliyaviy va biznes boshqaruviga yordam beruvchi platforma. Sizdan ethical tarzda ishlab zaifliklarni aniqlash va mas’uliyatli tarzda xabar qilishingizni so'raymiz. Biznes egalariga o‘z tizimlarini yanada mustahkamlash va foydalanuvchilar uchun xavfsiz xizmat yaratishiga yordam bering.
Открыть канал и посмотреть медиаXabaringiz bor, Turan Security kiberxavfsizlik tashkiloti rasmiy CNA sifatidagi faoliyatini 2026-yil mart oyida boshlagan. Ushbu davr mobaynida biz kiberxavfsizlik tadqiqotchilari va dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilari bilan yaqindan hamkorlik qilib, CVE dasturi talablari asosida mas'uliyatli zaifliklarni oshkor etish (Responsible Vulnerability Disclosure) jarayonini qo‘llab-quvvatladik hamda 204 ta CVE (Common Vulnerabilities and Exposures)ni muvaffaqiyatli e'lon qildik. Avgust oyida katta sakrash kuzatildi. Oyning dastlabki 13 kunida TuranSec CNA tomonidan 172 ta CVE e'lon qilingan. Bu ko'rsatkich jahondagi IBM, Red Hat, Microsoft kabi 534 ta CNA tashkilotlari orasida TOP-10 ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi - havola Tushunishingiz uchun bundan 2 yil oldin ham CVE bo'yicha tadqiqotchilar bir nechtani tashkil etardi. Oxirgi 6 oy ichida 50 dan ortiq mahalliy kiberxavfsizlik tadqiqotchilari dunyoning TOP kompaniyalari mahsulotlaridan yangi turdagi zaifliklarni aniqlab 204 ta CVE e'lon qilinishi katta natija hisoblanadi. Buni sohada ishlab yurganlar yaxshi bilishadi, AI rivojlanishi Kiberxavfsizlik sohasida tadqiqot yo'nalishini yanada osonlashtirdi. Biz bilan hamkorlik qilayotgan barcha tadqiqotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Izlanishdan va o‘sishdan to‘xtamang! Biz faoliyatimizni rivojlantirish va xizmatlarimizni yanada takomillashtirishda davom etamiz. Yaqin bir necha yil ichida O‘zbekistonda minglab yangi kiberxavfsizlik tadqiqotchilari va mutaxassislari yetishib chiqishiga o‘z hissamizni qo‘shishni maqsad qilganmiz. @turansecurity | Ссылка скрыта | [email protected]
Открыть канал и посмотреть медиаOnly registered users can share their opinion.
Be the first to share your impression of this resource!
News Go: The evolution of languagestdlib, work by Go Core Team.
News and materials on HAMRadio.SDR, short-wave communication. Useful for radio amateurs and enthusiasts of electronics.