и посмотреть медиа
Yusro Tour - tourism
и посмотреть медиа
Tours, Umrah, visas and tickets.
Yusro Tour - services for tourism, umre, visas and tour packages.
Nasib etib Umra ziyoratiga yo'l olsangiz... Kerakli tavsiyalar: 1⃣ O'zingizni erkin his qiling. Ibodatdan boshqa dunyoviy tashvishlarga chalg'imang. Chunki bu kunlarni qaytara olmaysiz! 2⃣ Hammaga xushmuomala va samimiy bo'ling. Dilozorlikdan tiyiling. 3⃣ Isrofdan tiyiling. Taom borasida ham, suv borasida ham. Barchasini e'zozlang. 5⃣ Adashib qolmaslik uchun... Birinchi kundanoq o‘zingiz va jamoangiz masjidga qaysi yo‘ldan kelib ketishini, avtobus joylashuvini aniq o‘rganib oling. Kim bilan uchrashishingiz kerak bo‘lsa, “Katta soatning tagida”, “Zam-zam suvi yonida”, “Tahoratxonaga kirishda” deya mo'ljal belgilash ish bermaydi. Vaqti kelsa birga ketayotgan 3 metr radiusdagi odamni topolmay qolasiz. Aloqa ham ko‘ngildagidek emas va odatda namoz oldidan butunlay o‘chib, ancha vaqt o‘tib yonadi. 5⃣ Nogironlik aravasidan sog‘lar ham foydalanadi. Bizda nogironlik aravasidan faqat nogironlar yoki o‘zi harakatlana olmaydigan keksalargina foydalanishi mumkin, degan tushuncha mustahkam. Ammo u tomonlarda ota-onalar yosh bolalarini, charchagan yoshlar bir-birlarini aravaga o‘tqizib uchirishlari oddiy holat. Ma’lum masofani aravachada yurib, keyin tushib yugurib ketganlarni ko‘rib hayratda qolmang. Zarur bo‘lsa, charchasangiz o‘zingiz ham aravachadan yoki ixcham stullardan foydalanishingiz mumkin. 6⃣ Qanday kiyimlar kerak bo‘ladi? Negadir yurtdoshlarimiz, ayniqsa ayollar juda ko‘p kiyim-kechaklar ko‘tarib borishadi va har doim buning uchun afsuslanishadi. Makkayu-Madinada sovuqqotish juda qiyin. Bir nechta yengil kiyimlar kifoya. 7⃣ Shamollab qolishdan ehtiyot bo'ling. Yana bir jiddiy muammo: deyarli hamma u yerda oddiy tilda aytganda shamollab qoladi. Juda ko‘pchilikni yo‘tal tutadi. Haroratning keskin o‘zgarishi, binolar va transportdagi o‘ta kuchli konditsonerlar, muzdek suvni ko‘p ichish, virusli kasalliklar va vaqtida tibbiy yordam olmaslik o‘z ishini qiladi. Ehtiyotingizni qiling, niqob taqib yuring, o‘zingiz bilan birlamchi zarur dorilarni vatandan chiqmasdan turib olib oling. ☎️ Murojaat uchun: +998555002228 +998555002229 👳🏻♂️ @yusro_qabul ♻️ Do‘stlarga ulashing ♻️ 👉🏻 @yusrotur 👈🏻 ➖➖➖➖➖ Ссылка скрыта Yusro bilan barchasi yengil va oson!
Открыть канал и посмотреть медиаOnly registered users can share their opinion.
Be the first to share your impression of this resource!