и посмотреть медиа
Zidulay Travel - Mountains
и посмотреть медиа
Tours of the Uzbek mountains.
Tours of the Uzbek mountains.
Zidulay Travel - hiking and traveling in the mountains of Uzbekistan.
13-14 iyun, Sary-Chelek ko'llari Qirg'izistonning eng go'zal maskanlaridan biri Sari-Chelek davlat biosfera qo'riqxonasi hududida, Namangandan atigi 170 km uzoqlikda joylashgan. Qo'riqxona o'zining betakror, go'zal va beg'ubor tabiati, mo'l-ko'l yovvoyi tabiati va turli o'lchamdagi oltita ko'li bilan mashhur. Eng katta koʻl uzunligi 7,5 km, eng keng joyi 3 km, maksimal chuqurligi 244 m. 12-iyun kuni soat 21:00 da Toshkentdan jo‘nab ketamiz. Ertalab soat 5:00 da Uchqo‘rg‘on chegara-postiga o‘tamiz. 13-iyun kuni ertalab Sary-Chelek biosfera qo‘riqxonasiga boramiz. Mehmonxonaga ertalab soat 9:00 da joylashamiz. Nonushtadan keyin esa Sary-Chelek ko‘llariga boramiz. Biz katta ko'l bo'ylab sayr qilamiz, cho'milamiz va qayiqda sayr qilamiz (ixtiyoriy). Tushlikni ko'lning uzoq qirg'og'ida qilamiz. So'ngra 2 km masofaga yengil hiking qilamiz. Kechki ovqat uchun mehmonxonaga qaytimiz. Xohlovchilar ko'llar oldida camping qilib chodirlarda tunashi mumkin. 14 iyun nonushtadan so'ng yuqori ko'llarga sayr qilamiz, istaganlar ot minib chiqishi mumkin. Sary-Chelek koʻlining janubi-sharqida yana bir qancha kichik koʻllar bor: Kyla-Kol, Iri-Kol, Chocha-Kol, Dumaloq. Ularning barchasi qadimgi ko'chkilar natijasida daryo to'silib hosil bo'lgan. Eng go'zal Iri-kol qirg'og'ida tushlik qilib dam olamiz. Keyin Panorama cho'qqisiga chiqamiz, u yerdan oltita ko'lning to'liq go'zalligi ochiladi. Mehmonxonaga qaytib kechki ovqat so'ng yo'lga tushamiz. Chegaradan o'tib Toshkentga qaytamiz Sana: 13-14 iyun, shanba-yakshanba Narxi: 2.500.000 so'm ➖ barcha transport xizmatlari ➖ mehmon uylarida tunash ➖ 2 kun uch mahal ovqat ➖ kirish chiptalari ➖ sertifikatga ega gid hizmati Roʻyxatdan oʻtish uchun: +998931711207 Telegram Instagram
Открыть канал и посмотреть медиаOnly registered users can share their opinion.
Be the first to share your impression of this resource!