и посмотреть медиа
Ecobiome R&D - лаборатория исследований
и посмотреть медиа
Официальный канал лаборатории Ecobiome R&D. Актуальные новости научных исследований и разработок в области биотехнологий.
Официальный канал лаборатории Ecobiome R&D. Актуальные новости научных исследований и разработок в области биотехнологий.
Канал Ecobiome R&D посвящен работе инновационной лаборатории. Здесь публикуются свежие новости о научных исследованиях, разработках в биотехнологиях, пробиотиках и здоровье микробиома. Полезный контент для интересующихся наукой, медициной и передовыми технологиями. Регулярные обновления о проектах и достижениях лаборатории.
Advancing Human Genomics and Bioinformatics
Открыть канал и посмотреть медиа14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni Ecobiome jamoasi O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" bilan muborakbod etadi. Adolat, mardlik va ezgulik hamisha sizning qurolingiz bo'lsin! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram |Web sahifa
Открыть канал и посмотреть медиаYilning oxiri... yil davomida qilgan ishlarimizni tahlil qilamiz, umrimizning bu yilidagi daqiqalarni qanday o’tkazdik, nimalarga e`tibor qaratdik, atrofimizdagi insonlarga, qolaversa, jamiyatga foydamiz tegdimi, qancha bilim va qancha tajriba oldik?! Nechi marta yiqildik va qaddimizni ko`tara oldik, biz aslini tanigan insonlar..... Bu yilda olgan tajribamiz, bilimlarimiz keyingi yillardagi maqsadlarimizni to’g’ri yo’naltirishga yordam beradi albatta. Ilmiy faoliyatimizni ham shunday tahlil qilamiz: "Ecobiome" laboratoriyasi 2020-yilda tashkil topdi va ilmiy guruhimiz uchun 2021-yil muvaffaqiyatli bo’ldi deb ayta olaman. Nufuzli jurnallarda 18 ta maqola, 4 ta kitob bo’limi va 2 ta kitob nashr etildi. Ikkita xalqaro ilmiy loyiha moliylashtirildi va O’zbekistonda 2 ta Xalqaro Konferensiya o`tkazildi. Bundan tashqari ko’plab vebinarlar, mahorat darslarini ham tashkil etdik. Men ilmiy laboratoriyamizning barcha yosh olimlariga va bizga ko'makchi bo'lgan fidoiy insonlarga minnatdorchiligimni bildiraman!
Открыть канал и посмотреть медиа2021 yil 9-10 dekabr kunlari O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti hamda AQSHning Kaliforniya Davis Universiteti va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Birinchi Markaziy Osiyo Genomikasi" Simpoziumi bo'lib o'tdi. ✅ Anjuman gibrid formatda tashkil qilinib unda xalqaro ishtirokchilar Zoom ilovasi orqali onlayn tarzda ishtirok etishdilar. Simpozium Markaziy Osiyoda genomika bilan bog'liq tadqiqotlar uchun markaz bo'lib, ishtirokchilar mintaqadagi genomik vositalardan foydalangan holda yangi tadqiqotlarni o'rganishlari va ishtirok etishlari mumkin. 📌📈 Ushbu simpoziumning asosiy maqsadi inson kasalliklari, mikrobiologiya, ekologiya, o'simliklar genetikasi, diagnostika va boshqalar kabi turli fanlar bo'yicha tadqiqotlarda genomik va bioinformatika vositalaridan foydalanishdir. Bu mintaqadagi tadqiqot ta'sirini oshirish hamda ilg'or texnologiyalardan foydalanish uchun Markaziy Osiyoda yanada kuchli tarmoqni kengaytiradi va qo'llab-quvvatlaydi.
Открыть канал и посмотреть медиа📸 LAVHALAR (2021 yil 9-dekabr) 🇺🇿 🇱🇷 🇨🇦 🇨🇳 🇨🇲 2021 yil 9- dekabr kuni O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti hamda AQSHning Kaliforniya Davis Universiteti va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Birinchi Markaziy Osiyo Genomikasi" Simpoziumining 1-kuni o'z nihoyasiga yetdi. 📋 Simpoziumni O'zbekiston Milliy universiteti professori Dilfuza Egamberdiyeva hamda Kaliforniya universiteti professori, Paulina Carmona Mora ochib berdi. ✅ Anjuman gibrid formatda tashkil qilinib unda xalqaro ishtirokchilar Zoom ilovasi orqali onlayn tarzda ishtirok etishdilar. Ushbu simpoziumning asosiy maqsadi inson kasalliklari, mikrobiologiya, ekologiya, o'simliklar genetikasi, diagnostika kabi turli fanlarni tadqiq qilishda genomik va bioinformatik usullardan foydalanish hisoblanadi. Xalqaro olimlar tomonidan yuqoridagi dolzarb maruzalarda maruzalar olib borildai. Simpozium 10-dekabr kuni davom etadi. ___________________________________________ 🦠 @nuu_biologiya
Открыть канал и посмотреть медиа#news Olimlar omikron shtammi tufayli COVID-19 ni qayta yuqish xavfini baholadilar. Janubiy Afrikada - COVID-19 ning to'rtinchi to'lqini, koronavirusning omikron shtammidan kelib chiqqan. Bir kunda 11 mingdan ortiq kasallanish holati aniqlangan. Nima uchun yangi shtamm Afrika qit'asining janubida va dunyoning boshqa mamlakatlarida tez tarqalayotgani hali aniq emas. Omicron shtammi (B.1.1.529) birinchi bo'lib Botsvanadan 11 noyabrdan oldin to'plangan namunalarda topilgan. Nazariy jihatdan, bu mutant yanada yuqumli bo'lib qolgan deyish mumkin. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram |Web sahifa
Открыть канал и посмотреть медиаCentral Asia University Partnerships Program (UniCEN): Sharing Knowledge and Sustaining Networks On October 29-21, 50 representatives of UniCEN partner universities from Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, and Uzbekistan gathered near Tashkent to showcase the results of their partnerships, participate in networking sessions, and share new project concepts to sustain networks. In addition, six U.S. researchers and administrators from UniCEN partner universities (Michigan State University, Mississippi State University, and University of Nebraska-Lincoln) presented their partnerships as examples of best practice. Follow us on social media: Instagram | Telegram | Facebook #acglobal #internationalization #uzbekistan #centralasia #globalresearch #partnerships #highereducation #tashkent
Открыть канал и посмотреть медиаMarkaziy Osiyo Universitetlari o'rtasidagi hamkorlik (UniCEN): Bilim almashish va tarmoqlarni barqarorlashtirish 29-31 oktyabr kunlari Amerikaning O'zbekistondagi elchixonasi hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim vazirligi hamkorligida Markaziy Osiyo Universitetlari o'rtasida hamkorkorlik bo'yicha anjuman bo'lib o'tdi. Bunda bir qator Universitetdan olimlar ishtirok etishdi. Anjumanda ishtirokchilar, 2022-yilda ilmiy hamkorlik va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish uchun yangi loyiha imkoniyatlari hamda virtual almashinuv orqali UniCEN hamkorliklarini chuqurlashtirish va kengaytirish imkoniyatlari bilan tanishdilar. Shuni ham ta'kidlash joizki mazkur anjumanda "Ecobiome" - O'zbekiston-Xitoy qo'shma laboratoriyasi a'zosi ham ishtirok etdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram |Web sahifa
Открыть канал и посмотреть медиаTezis topshirishga ulguring Yuqorida ma'lum qilganimizdek O'zbekiston Milliy Universiteti va AQSHning Kaliforniya Deyvis Universiteti hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 9-10 dekabr kunlari Birinchi Markaziy Osiyo Genomikasi Xalqaro Simpoziumi O'zbekiston Milliy universiteti bosh binosi, 1-majlislar zalida gibrid formatda bo'lib o'tadi. Anjuman to'g'risida to'liq ma'lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: Ссылка скрыта Shuni ham ma'lum qilamizki anjuman uchun tezislar yuborishingiz mumkin bo'lgan muddat 28-noyabrgacha uzaytirildi va siz o'z tezislaringiz bilan anjumanda ishtirok etishingiz mumkin bo'ladi. Batafsil ma'lumotni bizning axborot xatimizda ko'rishingiz mumkin. Anjumanda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tishingiz talab qilinadi. Anjumanda qatnashish bepul. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram |Web sahifa
Открыть канал и посмотреть медиаТолько зарегистрированные пользователи могут делиться своим мнением.
Станьте первым, кто поделится своим впечатлением об этом ресурсе!