и посмотреть медиа
English Novices - английский для новичков
и посмотреть медиа
Канал для тех, кто только начинает изучать английский. Простые уроки и постепенное продвижение по уровням.
Канал для тех, кто только начинает изучать английский. Простые уроки и постепенное продвижение по уровням.
English Novices - идеальный Telegram канал для абсолютных новичков в английском языке. Здесь предлагаются базовые уроки, простые упражнения и структурированные этапы обучения. Контент адаптирован для начинающих: от алфавита и произношения до первых фраз и грамматики. Постепенно материал усложняется, помогая освоить основы и перейти к следующему уровню. Полезно для самостоятельного изучения английского бесплатно в Telegram.
5-dars. Personal pronouns Ingliz tilida personal pronouns deganda kishi (shaxs)ni o’rniga ishlatiladigan olmoshlar tushuniladi. Masalan: John is my brother. He is my brother. (John mening akam. U mening akam) Bu yerda John ot bo’lsa, he uning o’rnida ishlatilyapti. Ya’ni shaxs o’rniga qo’llanilmoqda. Children are playing in the garden. They are playing in the garden. (Bolalar bog’da o’ynashyapti. Ular bog’da o’ynashyapti). Ingliz tilida 3ta shaxs mavjud. I-shaxs so’zlovchi, II-shaxs-tinglovchi, III-shaxs boshqa, suhbatga aloqasi bo’lmagan odam Birlikda (Singular) I-shaxs I – men II-shaxs you – sen, siz III-shaxs he, she, it – u Ko’plikda (Plural) I-shaxs we – biz II-shaxs you – sizlar III-shaxs they – ular Biz he deb faqat erkak kishi yoki o'g’il bolaga, she deb faqat qiz yoki ayolga, it deb esa narsa buyum va jonivorga nisbatan ishlatamiz. O’zbek tiliga u deb tarjima qilinadi. Ko’plik shaklida esa hammasiga faqatgina they (ular) qo’llaniladi.
Открыть канал и посмотреть медиа3-dars. Fonetik qoidalar Oldingi darslarda siz ingliz alifbosi va a/an artikli haqida o’rgandingiz. Bu galgi darsimiz esa ingliz tilida ba’zi harflarnig o’qilishi va oldingi mavzularni mustahkamlashga bag’ishlanadi. Ingliz tilida harflar qanday yozilsa shunday o’qilmaydi. Har bir harf turlicha tallafuz qilinishi mumkin. Shu jihatlaridan ham ingliz tili bizning tildan farq qiladi. Masalan bizning tilda a harfi faqatgina [a] tovushini bersa ingliz tilida a harfi [ei], [a], [e] va hattoki [o’] deb talaffuz qilinishi mumkin. Ushbu qoidalarni sizlar bilan bosqichma-bosqich o’rganib borishga harakat qilamiz. Shunday qilib, 1. a harfidan so’ng ikkita l kelsa ya’ni a+ll bo’lsa a harfimiz o’ deb o’qiladi. Masalan: ball [bo’:l], call [ko’:l, small [smo’:l], all[o’:l] 2. e harfi so’z oxirida kelsa o’qilmaydi. Masalan:make [meyk], cake [keyk], snake[sneyk], apple[eppl] 3. ikkita e harfi yonma-yon kelsa, cho’ziq [i:] deb o’qiladi. Masalan: bee [bi:], sheep [shi:p], see [si:] 4. Ikkita o harfi yonma-yon kelsa, [u] yoki [o’] deb o’qiladi. Masalan: book [buk], cook [kuk], good[gud] LEKIN, door [do’:], floor [flo’:] 5. c harfi esa ba’zan [s] ba’zan esa [k] o’qiladi. Agar c harfidan keyin unlilardan e,i,y kelsa u holda s o’qiymiz. Masalan: cinema [sinema] city [siti] Agar c harfidan keyin undoshlar va a,o,u unlilari kelsa [k] deb o’qiladi. Masalan: cat [ket], cup [kap],coffee [koffi] 6. q harfidan so’ng u harfi kelsa ikkisi birga [kv]degan tovushni beradi. Masalan: queen [kvi:n], quit[kvit], question [kvestshn] New words: call – chaqirmoq small – kichkina make – tayyorlamoq, yasamoq cake – tort see – ko’rmoq cook – pishirmoq good – yaxshi door – eshik floor – qavat cinema – sinema city – shahar cat – mushuk cup – finjon, piyola coffee – kofe queen – qirolicha quit – chiqmoq question – savol Eslatma: qavs ichidagi [ ] tallafuzni bildiradigan tovushlar o’zbek tilidagi o’qilishini bildiradi.
Открыть канал и посмотреть медиа#qvz #biatlon 20 yil bog'bon bo'lib ishlagan bir akamiz, davlat ishiga o'tib ketib, u yoqdagilarni tagiga suv quyayotgan ekan... 👇 QVZ HAZILLARI👇 @Bitta_Bolsin_Uz
Открыть канал и посмотреть медиаUNIT 2. am/is/are (questions) Am/is/are qatnashgan darak gaplarni so'roq gapga aylantirish uchun "To be" fe'lini egadan oldinga o'tkazamiz: You are tired - Siz charchadingiz. (darak gap) Are you tired? - Siz charchadingizmi? (so'roq gap) So'roq gapga qisqa javob berish mumkin. Ha yoki yo'q javobidan so'ng kishilik olmoshi bilan "To be" fe'lining o'sha gapda ishlatilishi kerak bo'lgan turi qo'shib qo'yiladi. Inkor bo'lsa, "not" ham qo'shiladi: Are you hungry? - Sizning qorningiz ochmi? Yes, I am - Ha. Yoki: No, I am not - Yo'q. Yana: Is he Uzbek? - U o'zbekmi? Yes, he is - Ha. Yoki: No, he isn't - Yo'q.
Открыть канал и посмотреть медиа2-dars. A/an artikli Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatiladi. A/an ma’nosi bitta, bir degan ma’noda keladi. A book – kitob yoki bitta kitob. A pen – ruchka yoki bitta ruchka. An elephant – fil yoki bitta fil. A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimani ko’plikda aytmoqchi bo’lsak a/an ishlatilmaydi. Misol: a book – two books (kitob – 2ta kitoblar) An elephant – three elephants (fil-3ta fillar) A dog – dogs (it-itlar) A va an asosiy farqi a artiklini consonants(undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels (unli harflar) oldidan ishlatamiz. Misol: a ball (koptok), a pen (ruchka), a box (quti) an ant (chumoli), an owl (ukki), an ostrich (tuyaqush) Yodlash uchun so’zlar: snake-ilon ant-chumoli frog-qurbaqa octopus-sakkizoyoq cow-sigir insect-hashorot bird-qush lion-sher alligator-timsoh donkey-eshak mouse-sichqon fish-baliq horse-ot bee-asalari Vazifa: Ushbu yangi so’zlarni a va an bilan yozib chiqing.
Открыть канал и посмотреть медиа1-dars. Ingliz alifbosi Ingliz tili grammatikasi biznikidan anchagina farq qiladi. Bu esa til o’rganishni biroz qiyinlashtiradi. Lekin, ingliz tili va o’zbek tili lotin alifbosiga asoslangan. Ya’ni, koreys, xitoy yoki rus tillaridek harflar bilan alohida tanishib chiqish shart emas. Shunday qilib, ingliz tili alifbosida 26ta harf bor. E’tibor bering, o’zbek alifbosida esa 29 harf va bir tutuq belgisi mavjud. Ingliz tilida harflar ikki turga: vowels (unli) va consonants (undosh)ga bo’linadi. Unli harflar (vowels) 5ta: a, e, i, o, u Undosh harflar (consonants) esa 21ta: b, c, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, w, x, y, z Bundan tashqari, ingliz tilida harf birikmalar ya’ni ikki harf qo’shilgan holda bir tovushni beradigan harflar mavjud. Bular: c va h qo’shilib ch (child [chayld]-bola) s va h qo’shilib sh (sheep [shi:p]- qo’y) ph=f (photo [foto] – foto) th=z yoki s (z o’qilishi: they [zey]-ular, s o’qilishi:thank you [senk yu]-rahmat) Qachon z yoki s o’qilishi bo’yicha aniq qoida yo’q. Shuning uchun so’z yodlayotganda uning o’qilishiga e’tibor berib yodlashingiz kerak. ee=i (sheep-[shi:p]-qo’y) oo=u (book [buk]-kitob) Eslatma: Har bir uchragan yangi so’zni lug’at daftariga yozib yodlab borsangiz so’z boyligingiz yana ham ko’payadi.
Открыть канал и посмотреть медиа📋 Bu qoidalar ingliz tilidagi so'zlarni to'g'ri o'qish uchun kerak bo'ladi. 👇🏻Diqqat bilan o'qib, yod oling. 📌 #Gramatika 📝 Agar g harfi 'e, i, y'harflari bilan kelsa ko'p hollarda 'j' (j) deb o'qiladi. Misol uchun: general, gyn, gender. 📝 g harfi 'e, i, y' harflari bilan kelib, 'exception' ya'ni 'istisno' hollarda 'g' (g) dib o'qiladi. Ular quyidagilar: girl, gift, gear, give. qolgan hollarda ham 'g' (g) deb o'qiladi. Misol uchun: go, good, gun. 📝 Agar so'zlarda 'ph' harf birikmasi kelsa u 'f' (f) deb o'qiladi. Misol uchun: phone, photo. 📝 Agar so'zlarda 'bt' harf birikmasi bo'lsa bu holda 'b' tushib qolib 't' (t) deb o'qiladi. Misol uchun: debt, doubt. 📝 Agar so'zlarda 'wr' harf birikmasi bo'lsa bu holda 'w' tushib qolib 'r' (r) deb o'qiladi. Misol uchun: write, wrong. 📝 Agar so'zlarda 'kn' harf birikmasi bo'lsa bu holda 'k' tushib qolib 'n' (n) deb o'qiladi. Misol uchun: knife, know. 📝 Agar so'zlarda 'gn' harf birikmasi bo'lsa bu holda 'g' tushib qolib 'n' (n) deb o'qiladi. Misol uchun: gnat.
Открыть канал и посмотреть медиаIngliz tilini o‘rganmoqchilar uchun eng qulay kanalga hush kelibsiz! @channel_for_beginners
Открыть канал и посмотреть медиаТолько зарегистрированные пользователи могут делиться своим мнением.
Станьте первым, кто поделится своим впечатлением об этом ресурсе!
Романтический канал с поцелуями, мемами и любовными изображениями для души.
Bibelquiz - канал и бот с библейскими викторинами, вопросами и проектами Wortdeslebens для изучения Библии.
Канал о пончиках: рецепты, фото и идеи десертов. Легкие рецепты для начинающих и профи.