и посмотреть медиа
Ferghana Tourism - официальный туризм
и посмотреть медиа
Официальный канал туризма Ферганской области. Достопримечательности, туры и полезная информация для путешественников.
Официальный канал туризма Ферганской области. Достопримечательности, туры и полезная информация для путешественников.
Канал посвящен туризму Ферганской области. Здесь публикуются новости о местных достопримечательностях, маршрутах для путешествий, культурных событиях и советах для туристов. Идеально для планирования поездок в этот живописный регион.
«ATLAS BAYRAMI» VII XALQARO FESTIVALIGA BAG‘ISHLANGAN MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI Bugun, 7-sentabr kuni Respublika «Hunarmand» uyushmasining majlislar zalida «Atlas bayrami» VII Xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda festivalning maqsad va vazifalari, xalqaro ahamiyati, dasturi, asosiy tadbirlari hamda an’anaviy to‘qimachilik sohasidagi yangi hamkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Matbuot anjumanida quyidagi spikerlar chiqish qildi: 📊Mirzaahmedov Rasuljon Turg‘unbayevich — Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi; 📊Sara Noshadi — YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari; 📊Xurshidjon Rustamovich Ahmedov — Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari; 📊Alisher Rahimov — «Amaliy san’at» birlashmasi raisi; 📊Abdullayev Masharib Saydamatovich — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti direktorining o‘rinbosari, san’atshunoslik fanlari doktori (DSc). Shuningdek, matbuot anjumanida «SAN’AT» va «HUNARMAND» jurnallari bosh muharriri, san’atshunos olima Binafsha Nodir, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 📌 «Atlas bayrami» VII Xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali 12–19-sentabr kunlari Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tadi. Festival doirasida 12–16-sentabr kunlari hunarmandchilik, dizayn va tadbirkorlik sohalarida maxsus treninglar tashkil etiladi. 17-sentabr kuni festivalning rasmiy ochilish marosimi, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, mahorat darslari, hunarmandchilik yarmarkasi va moda namoyishlari o‘tkaziladi. 18-sentabr kuni ipak ishlab chiqarish va to‘qimachilik sohalarida B2B va G2B xalqaro uchrashuvlar, shuningdek, xalqaro moda ko‘rgazmasi tashkil etiladi. 19-sentabr kuni «To‘qimachilik san’ati: an’analar muloqoti» xalqaro ko‘rgazmasi hamda «O‘zbekiston hunarmandchiligi: barhayot an’analar» fotoko‘rgazmasi ochiladi. Festival gala tadbiri va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi. 📌 «Atlas bayrami» — an’anaviy to‘qimachilik merosini asrash, milliy hunarmandchilik an’analarini kelajak avlodlarga yetkazish, hunarmandlar, dizaynerlar va ijodiy sanoat vakillari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim xalqaro maydon. Barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini 17–19-sentabr kunlari Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tadigan «Atlas bayrami» VII Xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivalini keng yoritishga taklif etamiz. ✅ Faсebook| ✅ Instagram ✅ Youtube | ✅ Murojaat yo'llash
Открыть канал и посмотреть медиаТолько зарегистрированные пользователи могут делиться своим мнением.
Станьте первым, кто поделится своим впечатлением об этом ресурсе!