и посмотреть медиа
Ferghana Tourism - официальный туризм
и посмотреть медиа
Официальный канал туризма Ферганской области. Достопримечательности, туры и полезная информация для путешественников.
Официальный канал туризма Ферганской области. Достопримечательности, туры и полезная информация для путешественников.
Канал посвящен туризму Ферганской области. Здесь публикуются новости о местных достопримечательностях, маршрутах для путешествий, культурных событиях и советах для туристов. Идеально для планирования поездок в этот живописный регион.
Farg‘onada xalqaro konferensiya va “O‘zbekistonning eng qulay investitsion markazi” mediaturi o‘tkazilmoqda Ayni kunlarda Farg‘ona viloyati qator nufuzli xalqaro anjumanlarga mezbonlik qilmoqda. Xususan, Shanxay hamkorlik tashkilotining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Ijtimoiy ongning shakllanishida OAVlarning o‘rni” mavzusidagi Farg‘ona III xalqaro konferensiyasi va “O‘zbekistonning eng qulay investitsion markazi” mediaturi ana shunday muhim tadbirlardan bo‘lmoqda. Uch kun davom etishi rejalashtirilgan ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad axborot almashinuvi orqali davlatlar o‘rtasidagi madaniy-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda Farg‘ona viloyatining investitsion salohiyatini xorijlik mehmonlarga bevosita namoyish etishdan iborat. Ushbu maqsadda Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Hindiston kabi 12 ta davlatdan OAV rahbarlari va jurnalistlar taklif etilgan. Ularga Farg‘ona viloyatining sanoat, investitsiya va eksport salohiyati, turizm imkoniyatlari yaqindan tanishtirilmoqda. Bugun Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona ekspo” markazida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘jayev, “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov va qator mutasaddi rahbarlar qatnashdi. Tadbirda Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va investitsion salohiyati haqida ma’lumot berilib, viloyatdagi yangilanishlarni aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Открыть канал и посмотреть медиаТолько зарегистрированные пользователи могут делиться своим мнением.
Станьте первым, кто поделится своим впечатлением об этом ресурсе!