и посмотреть медиа
Ferghana Tourism - официальный туризм
и посмотреть медиа
Официальный канал туризма Ферганской области. Достопримечательности, туры и полезная информация для путешественников.
Официальный канал туризма Ферганской области. Достопримечательности, туры и полезная информация для путешественников.
Канал посвящен туризму Ферганской области. Здесь публикуются новости о местных достопримечательностях, маршрутах для путешествий, культурных событиях и советах для туристов. Идеально для планирования поездок в этот живописный регион.
MUNOSIB TAQDIRLOV O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Fargʻona viloyati Turizm boshqarmasidan Davlatyorova Dildoraxon Xojidada qizi hamda Xudayberdiyev Muxammadrizo “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Dildoraxon Xojidada qizi, Xudayberdiyev Muxammadrizo ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Открыть канал и посмотреть медиаMustaqilligimizning 35 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan Farg‘ona shahrida yangi “XIANG YU” mehmonxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari, xususan, turizm sohasini rivojlantirish uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyat va qulay shart-sharoitlardan samarali foydalanish natijasida mazkur loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Mustaqilligimizning 35 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda mamlakatimizda tadbirkorlik va turizm sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar samarasida Farg‘ona shahrida yangi “XIANG YU” mehmonxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Farg‘ona shahri, Navruz MFY, Burhoniddin Marg‘inoniy ko‘chasi, 53A-uy manzilida joylashgan mazkur loyiha Xitoy Xalq Respublikasi investori Gui Dehui tomonidan amalga oshirilib, unga 500 ming AQSH dollari miqdorida investisiya yo‘naltirildi. Mehmonxona 15 ta xona va 30 ta o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ishga tushirilishi natijasida 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi Farg‘ona shahrida zamonaviy joylashtirish vositalari sonini ko‘paytirish, xorijiy investisiyalarni jalb etish, aholi bandligini ta’minlash hamda sayyohlarga ko‘rsatilayotgan turistik xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Открыть канал и посмотреть медиаFIFA VAKILLARI FARG‘ONADA 2026-yil 24–25-avgust kunlari viloyatimizga Xalqaro futbol uyushmasi FIFA va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari tashrif buyurishdi. Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Axmedov hamrohligida FIFA vakillari Laura Kusko va Valentina Grossilar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari bilan birgalikda Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” va “FarDU” stadionlari hamda Farg‘ona va Marg‘ilon shahridagi mehmonxonalarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Tashrifdan asosiy maqsad — Farg‘ona shahrida FIFAning nufuzli musobaqalarini o‘tkazish uchun mavjud imkoniyatlar holatini o‘rganishdan iborat. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🔵 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Открыть канал и посмотреть медиа🔴Farg'ona 24 24.08.2026 Farg‘ona tumanining Avval qishlog‘idagi qadimiy Mug‘ qal’asida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar haqida reportaj. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
Открыть канал и посмотреть медиа🔴Farg'ona 24 24.08.2026 Farg‘ona shahrining “Surxtepa” mahallasida hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish, aholi va mehmonlar uchun zamonaviy dam olish sharoitlarini yaratishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
Открыть канал и посмотреть медиа🔴Yangiliklar 25.08.2026 Prezident islohotlari: mehmonxona sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar berilgan imtiyozlardan samarali foydalanishmoqda. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
Открыть канал и посмотреть медиаO‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan media-reja doirasida Farg‘ona viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan “Farg‘ona: kecha va bugun” nomli arxiv hujjatlari va tarixiy fotosuratlar ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 📜 Tadbirda viloyatdagi 50 dan ortiq davlat tashkilotlari va muassasalari vakillari ishtirok etdi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimini Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Rustamovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida Farg‘ona viloyatining tarixiy taraqqiyot yo‘li, boy madaniy merosi va bugungi rivojlanishini aks ettiruvchi arxiv hujjatlari hamda noyob tarixiy fotosuratlar namoyish etildi. 📜 Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan boshqa tashkilot va muassasalar rahbarlari so‘zga chiqib, ko‘rgazmaning tarixiy va ma’naviy ahamiyati, unda namoyish etilgan hujjat va fotosuratlarning yosh avlod uchun muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar. Mazkur ko‘rgazma orqali Farg‘ona viloyatining o‘tmishi, tarixiy jarayonlari, xalqimizning turmush tarzi, madaniyati va bugungi bunyodkorlik ishlari keng jamoatchilikka yetkazilmoqda. 🗓 “Farg‘ona: kecha va bugun” nomli ko‘rgazma joriy yilning 15-sentabr kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan. 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🔵 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Открыть канал и посмотреть медиа🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev ✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi. “Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev. Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi. “Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u. Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan. “Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti. Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi. “Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u. ✔️Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi. Ссылка скрыта
Открыть канал и посмотреть медиа🔺Tafsilot 22.08.2026 Turizm sohasidagi yangi islohotlar. 🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
Открыть канал и посмотреть медиаТолько зарегистрированные пользователи могут делиться своим мнением.
Станьте первым, кто поделится своим впечатлением об этом ресурсе!