и посмотреть медиа
Hasan Mehmonov - философия и наука
и посмотреть медиа
Авторские размышления о науке, философии и важных жизненных вопросах.
Авторские размышления о науке, философии и важных жизненных вопросах.
Hasan Mehmonov — это авторский канал, где публикуются научные и философские размышления. Здесь обсуждаются важные темы, связанные с познанием, мировоззрением и развитием личности.
Материалы помогают глубже понять окружающий мир и сформировать собственное мнение по актуальным вопросам. Автор делится своими взглядами в доступной и понятной форме.
Hasan Mehmonov станет интересным источником для тех, кто любит размышлять, читать и развивать критическое мышление.
Tasavvur qiling: bir kuni oʻzga sayyoraliklar kelib, Yerning massasini o‘lchamoqchi bo‘lishdi. Ular sizni ham o‘sha o‘lchovga qo‘shadi. Sizni alohida sanamaydi, chetga surmaydi, “mana bu — sayyora, mana bular esa uning ustidagi mayda narsalar”, demaydi. Chunki siz Yerga tashqaridan qo‘shib qo‘yilgan narsa emassiz. Tanangizni tashkil qilgan moddalar ham shu sayyoraning moddalaridir. Shu ma’noda siz Yerning ustida yurgan narsa emas, Yerning bir qismisiz. Endi bir pog‘ona yuqoriga ko‘tariling. Go‘yo koinotimizga tashqaridan, boshqa oʻlchamdan turib qarash mumkin deb tasavvur qiling. Bunday kuzatuvchi siz bilan atrofingizdagi boshqa narsalar orasida biz odatda tasavvur qiladigan darajada tub chegara ko‘rmasdi. Yulduz, tosh, it, siz — barchasi bir xil tabiat qonunlariga bo‘ysunadigan materiyaning turli shakllari. “Universe” so‘zining ildizi ham lotinchadagi universum — yaxlitlik, bir butunlik ma’nosiga borib taqaladi. Demak, biz shunchaki koinotning ichida joylashgan tomoshabinlar emasmiz. Biz ham koinotning o‘zidan tashkil topganmiz. Hatto buni poetikroq aytish mumkin: biz — o‘zining mavjudligini his qila boshlagan koinotning bir qismimiz. Bunday qarashni o‘zlik chegarasidan chiqish — self-transcendence — g‘oyasiga yaqin deb hisoblash mumkin. Va bunga chinakamiga ko‘nikish g‘alati darajada qiyin. Qiyinligining sababi bor. Koinotni kuzatayotgan, unga nom berayotgan, o‘lchayotgan va u haqida nazariya tuzayotgan mavjudot sifatida biz o‘zimizni uning buyumi emas, tomoshabini kabi his qilishga moyilmiz. Zalda o‘tirgan odam o‘zini sahnaning bir qismi deb o‘ylamaydi. Buning ustiga o‘zimizning biologik tabiatimiz bilan munosabatimiz ham murakkab. Qonimiz oqadi, ko‘payamiz, hojatga chiqamiz, qarib, oxir-oqibat o‘lamiz. Ammo bularning ko‘pi haqida gapirganda tilimiz darrov yumshoqroq iboralar topadi. Go‘yo evfemizm — tabiatimiz ustiga shoshilib tashlangan choyshab. Ammo bitta muammo bor. Odam o‘zining tabiatdagi o‘rnini rostakamiga anglaganda, har doim ham yengil tortmaydi. Ba’zan aksincha — o‘zini birdan juda kichik his qiladi. Inson o‘ziga qurib olgan markaziy o‘rin qulab, uning o‘rnida ulkan bo‘shliq paydo bo‘lgandek bo‘ladi. Kecha o‘zingizni koinot hikoyasining markazi deb his qilardingiz. Bugun esa uning milliardlab qismlaridan bittasi ekaningizni ko‘rdingiz. Xo‘sh, aslida nima o‘zgardi? Kichkina hovuzdagi baliqni katta ko‘lga ko‘chiring. Uning uzunligi bir millimetrga ham kamaymaydi. Faqat bitta narsa o‘zgaradi: uning o‘lchamiga nisbatan atrofdagi dunyo qanchalik katta ekani. Baliq kichraymadi. Hovuz kattalashdi. Kichik hovuz — kichik dunyoqarashga o‘xshaydi. U yerda hamma narsa yaqin, tanish va tushunarli. Odam o‘zining qayerda turganini biladi. Ammo bu tinchlikning bir qismi bilmaslik hisobiga qurilgan bo‘lishi mumkin. Bilmaslik esa yomon qorovul: u faqat siz savol bermaguningizcha ishlaydi. Lekin katta dunyoda kichik bo‘lish — arzimas bo‘lish degani emas. Bitta gol uchun oyoqqa qalqigan stadion. Qafasga tiqilgan tovuqlar. Ochilgan ko‘krak qafasi ustida egilgan jarrohlar. Osmonga ko‘tarilgan qo‘ziqorin buluti. Oy tuprog‘ida qolgan etik izi. Go‘zali ham, xunugi ham bor. Bularni bitta ipga tizib ko‘rsangiz, inson materiyaning naqadar g‘alati shakliga aylanganini ko‘rasiz. Atomlardan tuzilgan bir mavjudot boshqa yulduzlarning yoshini hisoblaydi, yurakni operatsiya qiladi, urush boshlaydi, musiqa yozadi va o‘zi paydo bo‘lgan koinot haqida savol beradi. Bularning hech biri “kichkina” emas. Va bularning hammasini o‘sha go‘yoki “arzimas” materiya qilgan. Shunga qaramay, o‘zimizni koinotdan ajratib turishga, alohida bir toifa deb tasavvur qilishga moyilmiz — go‘yo alohidalik bizni ulug‘roq qiladigandek. Aslida esa buning aksi ham bo‘lishi mumkin. Siz kichraymadingiz. Faqat xaritangiz kattalashdi. Ulkan, murakkab va noma’lum dunyodan qo‘rqishni bas qilsangiz, u sizni arzimas qilib qo‘ymaydi. Aksincha, o‘sish va kashf qilish uchun joy beradi. Kichkina hovuz tinch. Lekin uning butun tinchligi ham shundan: u yerda uzoqqa suzib bo‘lmaydi. @mehmonov_blog
Открыть канал и посмотреть медиаТолько зарегистрированные пользователи могут делиться своим мнением.
Станьте первым, кто поделится своим впечатлением об этом ресурсе!
Галактика интересных фактов: наука, история, природа и многое другое.
Подборка самоучителей для 12 класса по ключевым предметам камбоджийской школы: язык, математика, физика, химия и другие. Идеально для самостоятельной подготовки.
Широкий спектр знаний: от науки до повседневных открытий. Полезные материалы для самообразования в Telegram.