и посмотреть медиа

Factor.uz - marketing of vacancies
и посмотреть медиа
Jobs in marketing and SMM.
Jobs in marketing and SMM.
Jobs in marketing, SMM, digital, design and advertising.


12-xato Resumeni bunday yubormang Bunday yuborish bilan hech qanday natija bo'lmaydi. Kompaniyaga siz haqingizdagi ma'lumot kerak emas, aynan ismingiz, yilingiz, qayerdanligingiz. Ularga ko'proq nimalar qilganingiz, kimlar bilan ishlaganingiz qiziq. Qayerda o'qigansiz bu uncha muhim emas. Rasmdagi holatda esa, bu ma'lumotlar yo'q. Resumeni fayl formatda yuboring. Agar yo'q bo'lsa, tayyorlang. Lekin bunday yuborish bilan natija 0 bo'lib qolaveradi. Text formatda yubormang. Fayl qiling.
Открыть канал и посмотреть медиа

11-xato (resume) Rang-baranglik Resume rang-barang va jimjimador* bo'lmasligi kerak. Sababi, bu resumeni o'qishni qiyinlashtiradi va qisman sizni kimligingizni ham ko'rsatib berishi mumkin. Ba'zan e'tiborsizlik, ba'zan resume yozishda mas'uliyatsizlik, ba'zan esa ishni yengil. Ular sizda aynan shu jihatlarni ko'rishi mumkin, bu esa yomon. Shu sabab rang-barang qilmang. Resume chiroyli bo'lishi kerak emas. U tartibli bo'lishi, ma'lumotlar aniq yozilishi va odam o'qiganda qiynalmasligi kerak. Rang-barang yoki shu kabi dizaynlar yaxshi emas. Google'dan: "Clear resume examples" - desangiz, resume misollar chiqadi. Shunday yozishni maslahat beraman. Chiroyli qilmang. Tushunarli qiling
Открыть канал и посмотреть медиа

10-xato Portfolio kanalni shaxsiy qilmang Uni topshirayotgan payt ommaviy qilib qo'ying. Ular portfolioni ko'rish uchun kanalingizga qo'shilishni istamasligi mumkin. Va bu ular uchun ortiqcha ish va energiya oladi. Yaxshisi, ommaviy qiling. Keyin, portfolio kanalingiz boshqacharoq nom bilan yozilsa, yaxshi. Shunchaki portfolio zerikarliroq. Unga boshqacharoq nom bering. Esda qolarli va ajralib turish osonroq bo'lsin. Qisqasi, portfolio kanalingiz ommaviy bo'lsin Hali rezyumega yetib kelmadik)
Открыть канал и посмотреть медиа

9-xato Profilga har xil rasm qo'ymang Professionalroq rasmlar bo'lsa zo'r. Xohlasangiz Pinterestdan oling. Ko'rayotgan odamni asabini buzmasligi va charchatmasligi kerak. Soddaroq, minimalizm va yaxshi rasm qo'ying. Har xil gpt orqali qilingan animatsion rasm yoki boshqa shakldagi rasmlar yomon ta'sir qilishi mumkin. Ular profilingizga qarab chiqadi, agar ularga yoqsa sizga imkon berishi mumkin. Lekin profil yomon bo'lsa, hatto tz ish bermasligi yoki umuman yozmasligi mumkin. Ayb o'zingizda bo'ladi. Professional profillarni o'rganing, rasmlarni Pinterestdan olsangiz bo'ladi
Открыть канал и посмотреть медиа

8-xato Bio'ga har xil narsa yozmang Ayniqsa, mutaxassis demang. HR'larga ko'p "mutaxassis" yozadi. Mutaxassis desangiz, sizni lol qolib kutib olmaydi. Yaxshisi, bioda ham rezyumeda ham bunday yozmang. Har xil gaplar: aqlli gaplar, iqtibos va shu kabi gaplar yozmang. Tavsiya qilmayman. Ishga topshiradigan akkountingiz ishga mos bo'lsin. Aqlli gaplar uchun boshqa akkount ochishni maslahat beraman. Hech narsa yozmasangiz ham bo'ladi. Bu ham yaxshi.
Открыть канал и посмотреть медиа

7-xato Profil nomini to'g'ri yozing Rasmdagi misollar umuman mos emas va bunday shaklda yozgan bo'lsangiz, o'zgartiring. Eng yaxshi variant: Profil nomi va username linkingizda ismingiz yozilsin va ortiqcha stiker, icon kerak emas. Profil: Azizbek Bekmurodov Username: Azizbek Bekmurodov Shunday bo'lgani yaxshi. Agar sizni qidirishsa ham bemalol topa olishi kerak.
Открыть канал и посмотреть медиа

Hamma xatolarni ko'rib chiqqandan keyin, test qilamiz. Men kompaniya sifatida fake vakansiya joylayman. Siz ish uchun kompaniyaga ya'ni menga yozasiz. Men esa xatolaringizni aytib beraman. Kanalda emas, shaxsan o'zingizga. Shunisi yaxshimi? Yoqmasa shart emas
Открыть канал и посмотреть медиа

Kanaldagi odam soni muhim emas. Maqsadimiz yaxshi hodim va yaxshi ish joyi topib berish. Faqatgina e'lon qilish emas. Bundan men ham, siz ham qiymat olmaysiz. Xatolar haqida hali ko'p gaplashamiz. O'rganib, xatolarni tushunib va shu orqali ish topa olsangiz, biz maqsadga yetgan bo'lamiz.
Открыть канал и посмотреть медиа

6-xato Stiker yubormang. Nafaqat bunaqa, boshqa turdagi stiker ham yubormaslikni maslahat beraman. Bu sizni salom berishga eringan odam sifatida ko'rsatishi mumkin. Stikerdan ko'ra, oddiy va samimiy gapiring. "Assalom alaykum" — deyish qiyin emas-ku
Открыть канал и посмотреть медиаOnly registered users can share their opinion.
Be the first to share your impression of this resource!