и посмотреть медиа
Ferghana Tourism - Official Tourism
и посмотреть медиа
Official channel of tourism of Fergana region. Attractions, tours and useful information for travelers.
Official channel of tourism of Fergana region. Attractions, tours and useful information for travelers.
The channel is dedicated to tourism of the Fergana region. It publishes news about local attractions, travel routes, cultural events and tips for tourists. Ideal for planning trips to this picturesque region.
🎨 «Точка на карте» в Маргилане! ✨ В новом выпуске проекта «Точка на карте» отправляемся на фестиваль «Atlas Bayrami» в прекрасный Маргилан! ✅ Faсebook| ✅ Instagram ✅ Youtube | ✅ Murojaat yo'llash
Открыть канал и посмотреть медиа🌍✨ QORAQALPOG‘ISTON — O‘ZGACHA SAYOHAT MANZILI! ✨🌍 🏜 Qadimiy qal’alar 🏛 Noyob tarix va madaniyat 🌊 Orolbo‘yi va Mo‘ynoq 🎨 Savitskiy muzeyi 🐪 Ustyurt va cho‘l sarguzashtlari 📸 Betakror manzaralar 🔥 Bir safarda — ming yillik tarix, sirli qal’alar va Orolbo‘yi nafasi! 📍 Nukus → Ellikqal’a → Mo‘ynoq → Orolbo‘yi → Ustyurt 💫 Qoraqalpog‘iston — shunchaki sayohat emas, unutilmas taassurot! 🎒 Sayohatingizni rejalashtiring va Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xosligini kashf eting! #Qoraqalpogiston #Nukus #Moynoq #Orol #Turizm #Sayohat #Uzbekistan #TravelUzbekistan #VisitKarakalpakstan
Открыть канал и посмотреть медиаVII Xalqaro «Atlas bayrami» festivali — bitta videoda! Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tgan uch kunlik muazzam bayram o‘z nihoyasiga yetdi, lekin uning taassurotlari va yorqin xotiralari hali uzoq vaqt qalblarimizda yashaydi! Tantanali ochilish marosimi va xalqaro delegatsiyalarning samimiy qabuli. Taniqli san’atkorlar konserti va xalqimizning ochiq osmon ostidagi jo‘shqin raqslari! Marg‘ilonning fayzli va rang-barang muhitini qayta his etish uchun videoni oxirigacha tomosha qiling!
Открыть канал и посмотреть медиа👍👍👍👍👍👍 Marg‘ilonda milliy san’at nafasi! Ayni damda Marg‘ilon shahar tarixi muzeyida “Atlas Bayrami” VII Xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali doirasida “To‘qimachilik san’ati: an’analar muloqoti” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Bir makonda — asrlar osha yashab kelayotgan to‘qimachilik an’analari, betakror hunarmandchilik namunalari va milliy merosimizning jozibasi! Shuningdek, “O‘zbekiston hunarmandchiligi: barhayot an’analar” fotoko‘rgazmasi ham mehmonlarga yurtimiz hunarmandlarining mahorat va ijod olamini namoyon etmoqda. An’ana yashar ekan — san’at ham yashaydi! Marg‘ilon shahar tarixi muzeyi ✅ Faсebook| ✅ Instagram ✅ Youtube | ✅ Murojaat yo'llash
Открыть канал и посмотреть медиа"Atlas bayrami"da, go‘zal Farg‘onada yana ko‘rishguncha! Marg‘ilon shahridagi “Vodiy gavhari” — “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida “Atlas bayrami” VII xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli tadbirda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, dunyoning ko‘plab davlatlaridan tashrif buyurgan hunarmandlar, dizaynerlar, soha mutaxassislari, san’at namoyandalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev tadbirda so‘z olib, uch kun davom etgan “Atlas bayrami” milliy qadriyatlar, an’anaviy hunarmandchilik, ijodiy izlanishlar va xalqaro hamkorlikni o‘zida mujassam etgan muhim madaniy tadbir bo‘lganini ta’kidladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Открыть канал и посмотреть медиа#Atlas_bayrami Marg‘ilon shahar tarixi muzeyida “Atlas bayrami” VII xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali doirasida “To‘qimachilik san’ati: an’analar muloqoti” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Shuningdek, “O‘zbekiston hunarmandchiligi: barhayot an’analar” fotoko‘rgazmasi ham mehmonlarga yurtimiz hunarmandlarining mahorat va ijod olamini namoyon etdi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Открыть канал и посмотреть медиа“Atlas bayrami” VII xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali doirasida navbatdagi moda namoyishi bo‘lib o‘tdi! Unda mahalliy va xalqaro dizaynerlarning eksklyuziv kolleksiyalari namoyish etildi. Milliy atlas va adras matolarining betakror jozibasi zamonaviy dizayn va nafis liboslarda o‘z aksini topdi. An’ana va zamonaviylik uyg‘unligi Milliy naqshlarning yangi talqini O‘zbek to‘qimachilik san’atining betakror namunalari Mazkur namoyish milliy matolarimizning zamonaviy moda olamidagi o‘rnini yana bir bor namoyon etdi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Открыть канал и посмотреть медиа#Atlas_bayrami Ipakchilik va to‘qimachilik sohasida xalqaro hamkorlik kengaytirilmoqda Marg‘ilon shahrida o‘tkazilayotgan “Atlas bayrami” VII xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali doirasida ipakchilik va to‘qimachilik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan B2B va G2B uchrashuvlari hamda muzokaralar tashkil etilmoqda. Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov, viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamda mutasaddi rahbarlar ishtirokida o‘tayotgan muloqotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va xalqaro tajriba almashish masalalari muhokama qilinmoqda. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Uchrashuvlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, milliy to‘qimachilik sanoati eksport salohiyatini oshirish va sohada yangi investitsiyaviy loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Открыть канал и посмотреть медиа#Atlas_bayrami Marg‘ilon shahridagi yangi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi an’anaviy “Atlas bayrami” shukuhiga burkandi. Xorijiy mehmonlar ishtirok etayotgan bayram yurtimizning boy madaniy merosi, betakror atlasu adraslari va milliy hunarmandchilik an’analarini yana bir bor dunyoga namoyon etmoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Открыть канал и посмотреть медиаOnly registered users can share their opinion.
Be the first to share your impression of this resource!